Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Inflyasiya darajasi avvalgi oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi

Inflyasiya darajasi avvalgi oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi

Markaziy bank tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, dekabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyasiya darajasi avvalgi oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi.

So‘ralganlarning 57 foizi inflyasiya omili sifatida yoqilg‘i va energiya narxining qimmatlashuvi xavotirini ko‘rsatgan.

Shuningdek, kommunal xizmatlar qimmatlashuvi 56 foiz, transport xarajatlarining oshishi 35 foiz, narxlarning oshishi 33 foiz xavotirini ko‘rsatgan. Biznesning kutilmalari birdaniga 1,2 foiz bandga yomonlashgan va 13,9 foizga yetgan.

Inflyasiya darajasi avvalgi oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari, kommunal xizmatlar qimmatlashishi, valyuta kursi o‘zgarishi, transport xarajatlarining oshishi hamda monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishini qayd etgan respondentlar ulushi ko‘paygan.

Aholi inflyasion kutilmalarining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past inflyasion kutilmalar Andijon viloyatida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan qayd etildi. Toshkentda aholining inflyasion kutilmalari 19,1 foizni tashkil etgan. Noyabrda 17,7 foiz edi. Bu rasmiy inflyasiyadan deyarli 2 karra yuqori degani.

Tadbirkorlik sub’ektlarining yuqori inflyasion kutilmalari Toshkent shahrida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past kutilmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan qayd etildi.

Inflyasiya darajasi avvalgi oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi

Aholi tomonidan yuqori sezilgan inflyasiya darajasi ishlab chiqarish sohasi vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyasiya darajasi maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Kiritildi: 13:09 14.01.2025. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!