Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Inyesta futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Inyesta futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Ispaniya milliy jamoasi hamda «Barselona» sobiq o‘yinchisi Andres Inyesta professional faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.

Ispaniyalik 40 yoshli yarimhimoyachining so‘nggi klubi BAAning «Emireyts» klubi bo‘ldi. Inyesta amirlik jamoasida 23 o‘yinda 5ta gol urishga ulgurgandi.

Andres 1996 yildan 2018 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘ldi. U bu davr ichida Kataloniyaning asosiy jamoasi safida jami 674 o‘yinda to‘p surib, 57 gol va 136ta assistga mualliflik qilgan.

Inyesta «Barsa»dagi faoliyatidan keyin Yevropadan Osiyoga yo‘l olib, Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasida 134 o‘yinda 26ta golga mualliflik qildi.

40 yoshli futbolchi faoliyati davomida Ispaniya milliy jamoasi safida ikki marta Yevropa chempioni bo‘lish bilan birga 2010 yilda jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan. «Barsa» safida esa 4 karra YECHL g‘olibi, 9 marta La Liga chempioni, 3 karra klublar o‘rtasida JCh g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 22:00 07.10.2024. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!