Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Indoneziyada YouTube 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun taqiqlandi

Indoneziyada YouTube 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun taqiqlandi

Mamlakat Aloqa vaziri Meutya Xafidning ma’lum qilishicha, Google kompaniyasiga tegishli YouTube platformasi mamlakatda o‘tgan oy kuchga kirgan yangi talablarga to‘liq amal qilishini tasdiqladi. Avvalroq hukumat kompaniyani cheklovlarga rioya qilmayotgani uchun rasmiy ogohlantirgan edi.

​Yangi tartibga muvofiq, YouTube platformadagi minimal yosh chegarasini 16 yoshga ko‘tardi va ushbu yoshga to‘lmagan bolalarning akkauntlarini o‘chirishni boshlashini e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya kelgusida bolalar va o‘smirlarga yo‘naltirilgan reklamalarni ham to‘xtatishni rejalashtiryapti.

​Ma’lumot uchun, Indoneziyaning ushbu talabini avvalroq X, Bigo Live, Meta va TikTok kabi platformalar bajargan edi. Hozirda hukumat Roblox platformasidan ham shu kabi choralarni qo‘llashini kutmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!