Kema Yava orolidagi Surabayadan Borneo orolidagi Bandjarmasinga yo‘l olgan va kuchli bo‘ronga duch kelgan.
Yakshanba kuni ertalab ekipaj kema bilan aloqani yo‘qotgan. Unga qadar parom taxminan 500 kilometrlik yo‘nalishning uchdan ikki qismini bosib o‘tgan edi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar suvdan 103 kishini topib, qutqargan. Bir kishi halok bo‘lgan, yana taxminan 140 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Tirik qolganlarni Yava orolining sharqidagi portga olib borish rejalashtirilgan. Qutqaruvchilar esa bedarak yo‘qolganlarni izlashda davom etmoqda. Parom yomon ob-havo sharoitida cho‘kib ketgan.
Virgo Transport 8 — uzunligi 119 metr, 39 yillik kema bo‘lgan.
Indoneziya uchun parom qatnovi juda muhim ahamiyatga ega. Mamlakat tarkibida 17 mingdan ortiq orol mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida yo‘lovchi va yuk tashishda paromlar keng qo‘llaniladi.