Indoneziya rasmiylarining ma’lum qilishicha, Sumatrada sel oqibatida oziq-ovqat va ichimlik suvi tanqisligi yuzaga kelgach, ayrim aholi do‘konlarni talon qilishga o‘tgan. Tabiiy ofat qurbonlari soni 442 nafarga yetgan, yuzlab odamlar hanuz bedarak.
Shri-Lankada esa bir necha kun davom etgan yog‘ingarchilik va ko‘chkilar natijasida kamida 193 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.