Prabovo Subianto Xitoyda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan edi, deb xabar berdi agentlik.
Indoneziya prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror “mamlakatdagi ichki vaziyat” sababli qabul qilingan.
Hozirda Indoneziyada norozilik namoyishlari davom etmoqda. Dastlab kasaba uyushmalari tomonidan boshlangan namoyishlar, bu hafta boshida Jakartada polisiya mashinasi taksi haydovchisini urib yuborishi oqibatida yuz bergan halokatdan so‘ng keng ko‘lamli ommaviy norozilikka aylanib ketdi.