Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Indoneziya ikkinchi kundirki, kema halokatida bedarak yo‘qolgan 130 kishini qidirmoqda

Indoneziya ikkinchi kundirki, kema halokatida bedarak yo‘qolgan 130 kishini qidirmoqda

Indoneziyadagi qutqaruvchilar Java dengizida yo‘lovchi kemasining cho‘kishi oqibatida bedarak yo‘qolgan 130 kishini ikkinchi kun qidirmoqda.

Mahalliy qutqaruv xizmati bu haqda ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, operasiyada 622 kishi va taxminan 12 ta kema ishtirok etmoqda.

14 sentyabr kuni ertalabgacha olti kishi halok bo‘lgan, yana 107 yo‘lovchi va ekipaj a’zosi qutqarilgan.

243 kishini olib ketayotgan Virgo Transport 8 kemasi dam olish kunlari kuchli bo‘ron paytida g‘oyib bo‘ldi.

Hodisa sabablarini tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:50 14.09.2026. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!