Indiana shtatining Richmond shahrida plastmassani qayta ishlash va saqlash zavodi yonib ketdi. Bu haqda Fox 59 xabar bermoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ueyn okrugi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi uylari voqea joyidan bir kilometr radiusda joylashgan ikki mingga yaqin mahalliy aholini evakuasiya qilish to‘g‘risida buyruq bergan.
O‘t o‘chiruvchilar zavod hududida joylashgan propan baklarining portlash xavfi borligini ta’kidlamoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.