AQSh prezidenti Donald Trampni ma’qullash reytingi 20 yanvar kuni inaugurasiya qilinganidan buyon ilk bor rekord darajadagi 43 foizga tushib ketdi. So‘rovnoma Reuters va Ipsos agentliklari tomonidan o‘tkazilgan.
Tramp inaugurasiyasidan keyingi yanvar oyida uning reytingi 47 foizni tashkil qilgan.
So‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlar Oq uy rahbarining AQSh iqtisodini boshqarish, shuningdek, yashash narxining yuqoriligiga qarshi kurashdagi faoliyatini salbiy baholagan.
Respondentlarning 52 foizi Trampning xorijiy avtomobillar va ular uchun ehtiyot qismlarga boj joriy etishi ularning yaqinlariga zarar yetkazadi, deb hisoblaydi.