Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Imron Xon terrorchilikda ayblanmoqda

Imron Xon terrorchilikda ayblanmoqda

Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi "Adolat harakati" partiyasi raisi Imron Xon terrorchilikda ayblanmoqda.

Shuningdek, uning 17 yordamchisi va bir necha o‘nlab tarafdorlariga qarshi ayblovlar qo‘yildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ayblovlar bir kun avval Islomobodda Xon kortejiga hamrohlik qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari va "Adolat harakati" partiyasi tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng paydo bo‘ldi. Pokistonning sobiq bosh vaziri o‘z vakolati chog‘ida xorijlik yetakchilardan olgan qimmatbaho sovg‘alarni sotganligi bo‘yicha sud jarayoni uchun poytaxt tuman sudiga ketayotgan edi. 50 dan ortiq polisiyachi yaralangan, 59 nafar Xon tarafdori hibsga olingan.

Kiritildi: 22:28 19.03.2023. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!