Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Iloyim bolangning o‘ligining ustida o‘tir": Andijonda rahbar ayol xodimlarni haqoratladi (AUDIO)

"Iloyim bolangning o‘ligining ustida o‘tir": Andijonda rahbar ayol xodimlarni haqoratladi (AUDIO)

Xabaringiz bor, "Human.uz" sayti orqali joriy yilning 11 iyunida "Iloyim bolangni o‘ligini ustida o‘tir" — Andijon shahar xalq ta’limi mudiri maktab direktorlarini haqoratladi xabar e’lon qilingan edi.

Mazkur audio yozuv yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan ma’lumot berildi.

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Eraliyeva Sunbula Dilijanovna 2019 yilning dekabr oyidan buyon shahar halq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajarib kelib, bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qilib kelgan.

S.Eraliyeva Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi va uning tasarrufidagi muassasalarda turli lavozimlarda uzoq yillardan buyon ishlab kelganligi, ushbu davr mobaynida ta’lim tizimi xodimlari orasida pedagog-o‘qituvchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlarni bir necha marotaba sodir qilgani uchun o‘z obro‘siga putur yetkazgani, bundan tashqari, shahar prokuraturasiga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganida, uning harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llangan murojaatlar ham ortib borayotganligi ma’lum bo‘ldi.

2020 yilning 12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda S.Eraliyevaga tegishli bo‘lgan audio yozuv tarqalib, unda joriy yilning 8 iyundagi Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limining bo‘lim boshliqlari, o‘rinbosarlari, mutaxassislari, metodistlar, hisobchilar, xo‘jalik mudiri, jami 29 nafar xodimlar ishtirok etgan yig‘ilish jarayoni yozib olingan.

Aniqlanishicha, mazkur yig‘ilishda xodimlarga berilgan topshiriqlar ijrosi va xodimlarning ijro intizomi bo‘lim boshlig‘i tomonidan muhokama qilingan. Tarqalgan audio yozuvda S.Eraliyeva tomonidan bir necha marotaba inson sha’nini kamsituvchi so‘zlar ishlatilganligi holati yozib olingan.

Jumladan, mazkur yig‘ilish bo‘lishidan bir necha kun avval ya’ni, joriy yilning 5 kuni xalq ta’limi bo‘limi xodimlari N.Ergasheva, L.Abduraximova, M.Qaxxorova, A.Qo‘chqarov, SH.Xolmatov, SH.Yunusov hamda xalq ta’limi bo‘limi mudiri S.Eraliyevalar ishtirokida ta’lim sifati bo‘yicha loyihalar prezentasiyasi bo‘lib o‘tgan. Prezentasiya davomida S.Eraliyevaning maktab direktorlari haqida aytgan gaplarini taqdimot ishtirokchilari orasidan kimdir direktorlarga yetkazib, muhokama qilgani uchun ushbu holatni eslab o‘tib, uning gaplarini maktab direktoriga yetkazib, muhokama qilgan bo‘lim xodimlariga qarata “kiming yetkazgan bo‘lsang, iloyim, bolangni o‘ligini ustida o‘tir” deb qo‘pol va inson qadrini kamsituvchi so‘zlarni ishlatgan.

Xozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga o‘rganish davrida ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 13 iyun kuni S.Eraliyeva vaqtincha egallab turgan shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasidan ozod qilingan. Shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga esa viloyat xalq ta’limi boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Bazarov Nuriddin Najmidinovich vaqtincha mudir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Kiritildi: 17:19 16.06.2020. O'qildi: 18203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!