Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ilon Maskdan 100 mln dollarlik mukofot

A A A
Ilon Maskdan 100 mln dollarlik mukofot

Tesla bosh direktori Ilon Mask karbonat angidridni tejamkor ravishda yoqilg‘iga aylantirish yo‘lini topadigan ixtirochiga 100 million dollar va’da qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sovrin miqdori oshishi mumkin.

U atmosferadan uglerod ajratib olish texnologiyasi havodan ifloslantiruvchi zaharli gazlar ajralib chiqish darajasini 2050 yilga qadar nolga yetkazishda juda muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Konkurs 2025 yil Xalqaro yer kuniga qadar to‘rt yil davom etadi.

Yanvar oyida Ilon Mask Marsda koloniya tashkil qilish yo‘lida o‘zining barcha davlatini sotib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 07:10 26.04.2021. O'qildi: 2998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!