Bu haqda amerikalik tadbirkorning o‘zi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
Qayd etilishicha, bitim aksiyalar almashinuvi shaklida amalga oshirildi.
X 12 milliard dollar qarzni hisobga olgan holda 33 milliard dollarga baholandi, bu Mask platformani sotib olgan narxdan 11 milliard dollarga kam. Bir yildan keyin tashkil etilgan xAI sun’iy intellekt startapi 80 milliard dollarga baholangan.