Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Ilon Mask boshchiligidagi departament Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qidirayotgan tashkilotga mablag‘ ajratishni to‘xtatdi

 Ilon Mask boshchiligidagi departament Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qidirayotgan tashkilotga mablag‘ ajratishni to‘xtatdi

Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) Yale universiteti Gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasiga (HRL) mablag‘ ajratishni to‘xtatdi. Ushbu laboratoriya, xususan, Rossiya tomonidan olib ketilgan ukrainalik bolalarni qidirish bilan shug‘ullangan edi.

HRL Zelenskiy tashabbusi bilan boshlangan Bring Kids Back UA (“Bolalarni Ukrainaga qaytaring”) kampaniyasi bilan hamkorlikda 1240 ga yaqin bolani Rossiyadan Ukrainaga qaytarishga ko‘maklashdi. Baholarga ko‘ra, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Rossiya Ukrainadan 20 mingga yaqin bolani noqonuniy ravishda olib chiqib ketgan.

Kiritildi: 23:13 15.03.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!