Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask AQSh byudjeti loyihasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Ilon Mask AQSh byudjeti loyihasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Mashhur tadbirkor Ilon Mask AQSh davlat byudjeti loyihasini keskin tanqid qilib, mamlakatni qarzga botirish «normal» holat emasligini ta’kidladi. U defisit va qarzni 5 trln dollarga oshiradigan hujjatni tubdan qayta ishlashni talab qildi.

Ilon Mask AQShning yangi davlat byudjeti loyihasini «dahshatli» deb atab, uni tubdan qayta ishlash kerakligini ma’lum qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali chiqish qildi.

«Bankrot bo‘layotgan Amerika — bu odatiy holat emas», — deb yozdi tadbirkor o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida. Maskning ta’kidlashicha, mavjud loyiha mamlakat davlat qarzini yana 5 trln dollarga oshirishi mumkin.

The New York Times xabariga ko‘ra, ushbu byudjet loyihasi Donald Trampning ichki siyosatini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda soliqlarni kamaytirish, mudofaa va migrasiya siyosatiga xarajatlarni oshirish hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim va «yashil» energetikani moliyalashtirishni qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Mask ushbu rejalarni keskin tanqid qilib, ular mamlakat moliyaviy barqarorligiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi byudjet loyihasi keng jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Ilon Mask AQSh moliyaviy siyosati bo‘yicha avval ham bir necha bor tanqidiy fikrlar bildirgan. U ayniqsa davlat xarajatlarining shaffofligi, samaradorligi va uzoq muddatli oqibatlariga e’tibor qaratish zarurligini doimiy ravishda ta’kidlab keladi.

Kiritildi: 16:39 05.06.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!