Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ilk o‘zbek kompyuter o‘yini e’lon qilindi

Ilk o‘zbek kompyuter o‘yini e’lon qilindi

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi tomonidan “Oltin o‘rda” nomli keng miqyosli kompyuter o‘yini ishlab chiqildi. Studiyaning ushbu birinchi o‘yinidagi voqealar XIII asrga oid bo‘lib, Markaziy Osiyoda yuz beradi.

Unda o‘yinchi mo‘g‘ul oilalarida ro‘y beradigan sahnalarda ishtirok etadi. O‘yin xaritasining o‘lchami 76 kvadrat kilometr bo‘lib, bu afsonaviy The Elder Scrolls V: Skyrim o‘yinidan deyarli ikki baravar katta.

“XIII asr o‘rtalarida Ulus hokimiyati atrofida vaziyat keskinlashgan. Mayparast hukmdor Yesu-Munke hokimiyatni o‘z holiga tashlab qo‘yagan. Uning o‘rniga hokimiyatni uning rafiqasi va vazir boshqaradi. Ulusda ikkita buyuk mo‘g‘ul oilasi hokimiyatni egallash uchun harakat qiladi. Ularning har biri turk zodagonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishga intiladi. Natijada, zodagonlar kuchli ittifoqchilar bilan bir bo‘lib, fitna uyushtiradi. Ba’zida ikki tomon ham tovon to‘lashga majbur bo‘ladi. Butun Ulus yerlari kuchli mo‘g‘ul oilalari o‘rtasida bo‘lib olingan, biroq har ikki tomon manfaatdor bo‘lgan bahsli yerlar ham bor”. O‘yin syujeti aynan ana shu yerdan boshlanadi.

Yaqinda Doomers Entertainment studiyasi zamonaviy Unreal Engine 5 dasturiga o‘tganini ma’lum qildi. Loyihani VK «The Golden Horde | Ekshn RPG | O‘rta asrlar» ijtimoiy tarmog‘ida kuzatish mumkin. O‘yin hali Steam do‘konlarida chiqmagan.

Kiritildi: 20:09 01.12.2023. O'qildi: 2367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!