Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ilk musulmon kimyogar kim, bilasizmi?

A A A
Ilk musulmon kimyogar kim, bilasizmi?

Xolid ibn Yazid (rahimahulloh) degan kishini eshitganmisiz?

U kishi Muoviya roziyallohu anhuning nabirasi bo‘ladi. Tarixchilar naql etishicha, Islomdagi birinchi kimyo olimi bo‘lgan. 
Alloma Zahabiy u kishini ilmu fazilat sohibi, aksar vaqtini ro‘zador o‘tkazadigan ulug‘vor kishilardan ekanini aytadi.
O‘zi amirlaridan biri bo‘lganligi bois mohir tarjimonlarni to‘plab, kimyo va tib borasidagi kitoblarni yunoncha, qibtiycha va boshqa tillardan arab tiliga o‘girtirar, ularning har biriga maosh berardi.
Boz ustiga arab adabiyotida ham keng bilimga ega bo‘lib, noziktab’ shoir ham edi.
Bor-yo‘g‘i 39 yil umr ko‘rgan bu kishi (hijratning 51- yili tug‘ilib, 90- da vafot etgan) kimyo fanida ayrim e’tiborga molik asarlar qoldirgan. Kimyoga oid nazmi ham bor. 
Hoji Xalifa o‘zining "Kashfuz zunun" kitobida yozishicha, uning kutubxonasida kimyo faniga tegishli uch mingdan ortiq kitob bor edi.

Biz shonli tariximizdan majburan uzoqlashtirilgan, turli sohalarda jonbozlik ko‘rsatib o‘tgan ko‘p ulug‘larni o‘rganishga muhtoj bo‘lgan xalqmiz.

Sayfulloh Nosir

Kiritildi: 11:20 16.12.2019. O'qildi: 10861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!