Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Ilhom Aliyev AZAL samolyoti qasddan urib tushirilgan deb hisoblaydimi?

Ilhom Aliyev AZAL samolyoti qasddan urib tushirilgan deb hisoblaydimi?

Ozarboyjon 2024 yil dekabr oyida Qozog‘istonda Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyotining qulashini qasddan qilingan hujum deb hisoblamaydi, dedi prezident Ilhom Aliyev Fox News telekanaliga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Boku Rossiyadan aybni rasman tan olish, aybdorlarni jazolash va to‘liq tovon to‘lashni talab qilmoqda.

2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida Bokudan Grozniyga uchayotgan AZAL samolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 67 kishidan 38 nafari halok bo‘ldi.

Aliyevning aytishicha, samolyot Grozniy shahri hududida tashqi ta’sir tufayli shikastlangan va bu boshqaruvni yo‘qotishga olib kelgan. Iyul oyida u Ozarboyjon halokat munosabati bilan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlayotganini aytgandi. Aliyev Boku muntazam ravishda Rossiya Tergov qo‘mitasiga so‘rov yuborayotganini, biroq unga faqat «tergov davom etmoqda» degan javob kelayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bunday pozisiya «teskari natija beradi».

Azerbaijan Airlines samolyotining qulashi va Rossiyaning sodir bo‘lgan voqea uchun aybini tan olmasligi Moskva va Boku o‘rtasida diplomatik janjal va sovuqlikka olib kelgan.

Kiritildi: 21:15 16.08.2025. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!