Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul boshlandi

Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul boshlandi

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

2024/2025-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:

  • o‘zining pasport ma’lumotlari, JSHSHIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;

  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

  • hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Kiritildi: 19:02 10.07.2024. O'qildi: 4434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!