Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ikkinchi guruh qonning noyobligi nimada?

Ikkinchi guruh qonning noyobligi nimada?

Evolyusiya natijasida odamlarda to‘rtta qon guruhi shakllangan. Har birining tarkibi bir-biridan farq qiladi. «RAMBLER» yozishicha, qon guruhi hatto odamning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, qon guruhi II (A) bo‘lgan odamlarning tanasida stressdan himoya qiluvchi gormon — kortizol boshqalarga qaraganda ko‘proq ishlab chiqariladi. Shuningdek, u arterial qon bosimi, glyukoza darajasi hamda butun immun tizimi faoliyatini tartibga soladi. Faqat ortiqcha kortizol kuchli stressga olib kelishi mumkin. Natijada bunday odamlar surunkali stress, uyqu buzilishi, ortiqcha vazndan qiynalishadi.

Bundan tashqari, Dana Farber Onkoinstitutida amerikalik olimlar yana bir o‘ziga xos xususiyatni aniqlashdi. Buni qarangki, II qon guruhi vakillarida onkologik kasalliklar xavfi yuqori ekan: ularning oshqozon saratoni va o‘tkir leykoz bilan ko‘proq og‘rishi ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, mazkur qon guruhi vakillari orasida uzoq umr ko‘ruvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:33 12.09.2019. O'qildi: 2798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!