Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ikki kunda Sirdaryoning ikkita hududiy pensiya bo‘limi boshliqlari bevaqt vafot etdi. Sababi noma’lum (FOTO)

Ikki kunda Sirdaryoning ikkita hududiy pensiya bo‘limi boshliqlari bevaqt vafot etdi. Sababi noma’lum (FOTO)

Beshafqat ajal 1974 yilda tug‘ilgan, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sirdaryo viloyati byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Norchayev Jahongir Sindorovichni 17 yanvar kuni oramizdan olib ketdi. Bu haqda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib «Sirdaryo Xabarlari» xabar berdi.

Ikki kunda Sirdaryoning ikkita hududiy pensiya bo‘limi boshliqlari bevaqt vafot etdi. Sababi noma’lum (FOTO)

"Jahongir Sindorovichning mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lib, ko‘p yillar bank va soliq soxasida faoliyat yuritgan. U 2021 yil 17 yanvar kuni vafot etdi.

Marhum J.S.Norchayevning xotirasi uning farzandlari, yaqinlari va yoru-birodarlari qalbida mangu yashaydi.

Marhumning oila a’zolariga Pensiya jamg‘armasi jamoasi nomidan taziya izhor qilib qolamiz", — deyiladi boshqarma ta’ziyanomasida.

Shuningdek, uzoq yillardan beri halqimizga xizmat qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati Xovos tumani bo‘limi boshlig‘i Fayziyev Baxtiyor Sadullayevich ham bevaqt vafot etdi. Bu haqda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib «Sirdaryo Xabarlari» xabar tarqatdi.

Ikki kunda Sirdaryoning ikkita hududiy pensiya bo‘limi boshliqlari bevaqt vafot etdi. Sababi noma’lum (FOTO)

"O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati Xovos tumani bo‘limi boshlig‘i 1969 yilda tug‘ilgan Fayziyev Baxtiyor Sadullayevichning vafoti munosabati bilan marhumning og‘ir judolikka uchragan oila-a’zolari va yaqin qarindoshlariga Pensiya jamg‘armasi jamoasi chuqur ta’ziya izhor etamiz. 

Fayziyev Baxtiyor Sadullayevich Pensiya sohasida samimiy va jonkuyar inson, mehnatsevar va tashkilotchi rahbar sifatida iz qoldirdi. Undan juda ko‘p malakali shogirdlar qoldi.

Marhumning oxiratlarini obod qilib, yaqinlariga sabr bersin!", — deyiladi boshqarma ta’ziyanomasida.

Ma’lumot o‘rnida, boshqarma tomonidan taqdim etilgan har ikkala ta’ziyanomada ham marhumlarning bevaqt vafoti sabablari ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 12:31 18.01.2021. O'qildi: 6629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!