Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ikki ayolni Rossiyaga jo‘natayotgan shaxs aeroportda ushlandi

Ikki ayolni Rossiyaga jo‘natayotgan shaxs aeroportda ushlandi

Odam savdosi qurboni bo‘lishning oldi olindi.

​Farg‘ona shahrida yashovchi, 1999 y.t. muqaddam sudlangan fuqaro 2 nafar ayolni Rossiya Federasiyasi poytaxtida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali pul topishga qiziqtirgan.

​U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, Moskva shahriga yetib borganlaridan so‘ng, ishlab topgan mablag‘larining yarmini berib turishlarini talab qilgan.

​Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs ayollarni Moskva shahriga yuborayotgan vaqtida Farg‘ona xalqaro aeroportida to‘xtatilib, uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

​Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:21 09.09.2026. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!