Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Iker Kasilyas «Real»ga qaytdi

A A A
Iker Kasilyas «Real»ga qaytdi

«Real» hamda Ispaniya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas «Qirollik klubi»ga qaytdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Ispaniyalik sobiq darvozabon «Real» klubi bosh direktori o‘rinbosari sifati ish boshlagan.

«Kasilyas — «Real» afsonasi, u klubimiz qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, jamoamiz tarixidagi eng yaxshi darvozabon sanaladi. Klubning buyuk sardorlaridan biri jamoaga qaytganidan «Real» faxrlanadi», - deyiladi rasmiy saytda.

Ma’lumot uchun, Kasilyas Madrid klubidagi faoliyati davomida 19ta sovringa ega chiqqan. Jumladan, 3 marta Chempionlar ligasi g‘olibligi, 3 karra klublar o‘rtasidagi JCh sovrini, 2ta Yevropa Superkubogi, 5 karra La Liga chempionligi, 4 karra Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 19:55 22.12.2020. O'qildi: 3115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!