Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik sog‘liqqa qanday ta’sir qiladi?

A A A
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik sog‘liqqa qanday ta’sir qiladi?

Ijtimoiy tarmoqlarda xabar va videolarni uzoq muddat tomosha qilish odamda ularga qaramlikni shakllantiradi, bu esa tashvishli holatga, uyquning buzilishi va ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Bu haqda klinik psixolog Lyubov Blagodareva aytib o‘tdi.

“Xabarlar tasmasini varaqlab, inson miyasi qiziqarli, foydali, hissiyotlarni uyg‘otadigan narsani qidiradi. Biroq bu juda qisqa muddatli zavq ... Dofamin gormonining kichik dozasi qisqa muddatda ajralib chiqadi, keyin ana shu zavq xuddi shunday tez yo‘qoladi va qaramlik paydo bo‘ladi”, deb tushuntirdi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar dofamin darajasi to‘ldirilmasa, tashvish va asabiylashish kuchayadi.

Mutaxassis yotishdan 2-3 soat oldin telefon va boshqa har qanday elektron vositalarning ekranini o‘chirishni va soat 23:00 dan kechikmasdan uxlashni maslahat berdi.

“Aks holda, ekranning ko‘k chirog‘i melatonin ishlab chiqarishni buzadi va tana tiklanmaydi, bu terining holati, diqqat, xotira va ishlashga salbiy ta’sir qiladi”, dedi psixolog.

Doktor bugungi kunda internet insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanganini e’tirof etgan holda, zamonamizning texnologik yutuqlaridan oqilona foydalanishga chaqirdi, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 07:32 28.02.2023. O'qildi: 2971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!