Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va ijtimoiy himoya tizimi xodimlari malakasini oshirish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

A A A
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va ijtimoiy himoya tizimi xodimlari malakasini oshirish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Agentlik direktori Institut va Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo‘ladi.

Institut aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muxtojlikning birlamchi sabablarini tahlil qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan samarali va istiqbolli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha davlat muassasasi hisoblanadi.

Markaz Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlshtiriladigan hamda monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlaridagi xodimlari malakasini oshirish uchun hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha davlat muassasasi hisoblanadi.

Markaz o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchilarni hamda soha bo‘yicha mutaxassislarni mehnatga soatbay haq to‘lagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb etishi mumkin.

Markaz va Institutning xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.

2024 yil 1 apreldan boshlab, Markazda vazirlik va idoralarning Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlaridagi xodimlari uchun uch yilda kamida bir marta to‘lov-shartnoma asosida majburiy malaka oshirish kurslari, shuningdek, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Kiritildi: 15:39 03.10.2023. O'qildi: 3539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!