Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (715-son, 11.11.2025 y.) bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

✅ Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 20 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.

📜 Komissiya xulosasi asosida har yili 20 mayga qadar Agentlik direktorining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqariladi.

🔗 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadigan shaxslarga har yili 1 iyun – Agentlik tashkil etilgan kun arafasida Agentlik direktori tomonidan ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshiriladi.

📋 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

✔️ Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

📝 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Kiritildi: 17:18 12.11.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!