Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestri yuritiladi

 Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestri yuritiladi

Qonun (O‘RQ-1069-son, 16.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning YAIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko‘rsatildi.

💰 Shunindek, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag‘lari fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad etib belgilandi.

📝 Bundan tashqari, majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestrini yuritishi ko‘zda tutildi.

🔗 Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini amalga oshiradi.

⏳ Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlar Majburiyatlar reestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.

📷 Shuningdek, qonun hujjatlariga majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog‘ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

📍 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 14:36 17.06.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!