Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 07.10.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan da’vogar O.N. uch nafar farzandi bilan tumanning Darxon mahallasidagi kelin bo‘lib tushgan xonadoniga majburiy tartibda kiritilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, taraflar bu haqida ogohlantirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida xolislar va majburiy ijroga jalb etilgan mutasaddilar ishtirokida O.N. uch nafar farzandi bilan ijro hujjatida ko‘rsatilgan uy-joyga kiritib qo‘yildi hamda bu haqida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.