Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini ma’lum qildi

A A A
IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini ma’lum qildi

 “Jasliq” koloniyasida jazo muddatini ado etayotgan mahkumlar ilgari o‘zlari yashagan joylarga yaqin koloniyalarga yuboriladi. Bu ularning oila a’zolari va yaqinlarini vaqt va pullarini tejashga yordam beradi, deya ma’lum qildi IIV vakili Bahrombek Adilov. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Jasliq” koloniyasida jazo muddatini ado etayotgan mahkumlar ilgari o‘zlari yashagan joylarga yaqin koloniyalarga yuboriladi. Bu ularning oila a’zolari va yaqinlarining vaqt va pullarini tejashga yordam beradi, deya ma’lum qildi IIV vakili Bahrombek Odilov. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Hozirgi kunda u yerda 395 nafar mahkum saqlanyapti . IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyatda qamoqxona to‘g‘risida “turli mish-mishlar” tarqalgani sababli uni yopishga qaror qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, IIV huzurida qamoqxonani tugatish komissiyasi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston  prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida"gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilangan.

Ushbu koloniya Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘oni hududida joylashgan. Koloniya 1999 yilda tashkil topib, bu yerda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar saqlanib kelmoqda. Qamoqxonadagi mahbuslarning aksariyatini diniy asoslar tufayli ozodlikdan mahrum etilganlar tashkil etadi.

 

Kiritildi: 15:44 05.08.2019. O'qildi: 3152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!