Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" 9 futbolchisiz qoldi

"Manchester Siti" 9 futbolchisiz qoldi

"Manchester Siti" tarkib borasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

Yakshanba kuni "shaharliklar" "Chelsi"ga qarshi bahs olib bordi (1:1). O‘yin davomida ikki muhim himoyachi - Yoshko Gvardiol va Ruben Diash jarohat oldi. Shu tariqa, endi Xosep Gvardiola birdaniga 9 futbolchidan foydalana olmaydi, deya xabar bermoqda City Xtra. Ro‘yxatda Sevio, Oskar Bobb, Jon Stouns, Niko Gonsales, Mateo Kovachich, Rayan Ait-Nuri va Omar Marmush ham bor. Ait-Nuri va Marmush Afrika kubogi uchun o‘z terma jamoalariga jo‘nab ketgan.

7 yanvar kuni "Manchester Siti" Premyer-liganing 21-turi doirasida o‘z maydonida "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 09:57 05.01.2026. O'qildi: 4091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!