Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat Qodirov respublika hukumati raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda The Insider xabar berdi.
“Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilning ilk kunlarida hukumat tarkibida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Hukumat raisi Magomed Daudovning tavsiyasiga ko‘ra, Axmat Qodirov Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Axmed Dudayev ham hukumat raisi o‘rinbosari — Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
20 yoshli Ahmat Qodirov, shuningdek, Checheniston jismoniy tarbiya va sport vaziri hamdir. Qayd etilishicha, u bir vaqtning o‘zida bu lavozimda ishlashda ham davom etadi.
Axmat Qodirov, shuningdek, “Checheniston Respublikasi yoshlar siyosati sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim” unvoni sohibi hisoblanadi.