Mashinasi xatlanganidan so‘ng, qarzdor ma’muriy jarima pullarini to‘liq to‘lab berdi.
Qayd etilishicha, Andijon tumanida yashovchi huquqbuzar T.N. mast holda avtomashina boshqarib kelganligi aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi tomonidan u ikki yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 8 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Biroq, mastlik oqibatida jarimaga tortilgan fuqaro jarima pullarini o‘z vaqtida to‘lashni istamadi.
Shu sababdan, Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “Damas” avtomashinasi xatlab qo‘yildi.