Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi DM sho‘’basi boshlig‘i SH.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “V.O.” MCHJ rahbari X.N.ning Andijon shahar, "Qo‘shariq" MFY hududidagi savdo do‘konida ichimlik suvidan aniqlangan 679,2 mln so‘mlik zararni go‘yoki “Andijon suv ta’minoti” AJda ishlovchi tanishlari orqali qayta hisob-kitob qilib, yetkazilgan zararni kamaytirib berishi evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.