Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ichida xazinalari bo‘lgan maxfiy suv osti kemasi topildi

A A A
Ichida xazinalari bo‘lgan maxfiy suv osti kemasi topildi

Tadqiqotchilar abadiy muzliklar orasida son-sanoqsiz xazinalar mavjudligini isbotladilar. Bu haqida ecosever.ru nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlash joizki, bahslarga sabab bo‘layotgan xazinalar o‘nlab yillar davomida Antarktida sohillarida joylashgan. Ba’zi fitna nazariyasining tarafdorlari xazinalarni Germaniya armiyasi bilan bog‘lashadi.

Shunday qilib, yaqinda, mahalliy qirg‘oq yaqinida, Ikkinchi Jahon urushi paytida misli ko‘rilmagan boylikka ega bo‘lgan suv osti kemasi topildi.

Mutaxassislarning ishonishicha, sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarga tayanib, ushbu xazinalar U-530 suv osti kemasida olib yurilganini aniqlashdi. Bundan tashqari, NASA mutaxassislari ham o‘z kuzatuvlariga tayanib ushbu taxminni tasdiqlashdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, nasistlar Germaniyasining xazinalari Antarktida g‘orlaridan birida joylashgan. Ammo ba’zi xavf-xatarlar mavjudligi sababli, bunday g‘orlarga ekspedisiya amalga oshirilmadi.

Kiritildi: 06:30 22.09.2019. O'qildi: 4629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!