Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanalidan olib chiqildi

Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanalidan olib chiqildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Farg‘ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 19 oktyabr kuni 17:07 da Farg‘ona viloyati Toshloq tumani «Naymanbo‘ston» MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani haqida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Haydovchi va ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: 22:45 20.10.2024. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!