Rossiya dollardan voz kechishga majbur bo‘ldi, endi u hamkorlar bilan savdo operasiyalarining 95 foizini milliy valyutada amalga oshiradi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKSga a’zo davlatlar OAV vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Shuningdek, u Rossiyada neft, tabiiy gaz va ko‘mir kabi «shunchaki cheksiz» energiya resurslari bor ekanligini aytdi.