KXDR maxsus operasiyalar kuchlari Ukrainaga joylashtirilishi mumkin, deb yozadi Britaniyaning The Telegraph gazetasi.
SOF qo‘shinlari «dunyodagi eng maxfiy bo‘linmalardan biri».
G‘arb tahlilchilarining hisobotlarida SOF «xavfli, ammo muhim missiyalar uchun mavjud bo‘lgan eng yaxshi jihozlar bilan jihozlangan yuqori malakali kuch» deb nomlanadi.
200 ming kishidan iborat Shimoliy Koreya maxsus kuchlari tarkibida 12 ta yengil piyodalar brigadasi, uchta razvedka bo‘linmasi, uchta havo-desant diviziyasi va uchta snayper bo‘linmasi mavjud.
G‘arb maxsus kuchlari soni bir necha barobar pastroq. Britaniya SAS tarkibida bor-yo‘g‘i 500 nafar faol askar bor, deb ishoniladi. Amerika Delta kuchlari taxminan 2000 faol a’zoga ega.