Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

ICEBlock ilovasi ishlab chiquvchisi Tramp ma’muriyatini sudga berdi

ICEBlock ilovasi ishlab chiquvchisi Tramp ma’muriyatini sudga berdi

AQShda migrasiya reydlari haqida xabar tarqatadigan ICEBlock ilovasining yaratuvchisi Joshua Aaron Tramp ma’muriyatini sudga berdi. Uning aytishicha, hukumat Apple’ni ilovani App Store’dan olib tashlashga bosim o‘tkazgan va bu so‘z erkinligini buzishdir.

ICEBlock bir million foydalanuvchiga ega edi. Adliya vaziri Pem Bondi va ICE rahbariyati ilovani «federal agentlarni xavfga qo‘yadi» deb hisoblagan.

Aaron esa ilova fuqarolarni migrasiya reydlari va huquqbuzarliklardan ogohlantirish uchun mo‘ljallanganini aytib, suddan First Amendment — so‘z erkinligi huquqi bo‘yicha himoya so‘ramoqda.

Kiritildi: 12:22 09.12.2025. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!