Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“Hyundai” aqlli kelajak ekskovatorini yaratdi

A A A
“Hyundai” aqlli kelajak ekskovatorini yaratdi

“Hyundai” bir necha yildan buyon qurilish maydonchasini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan “Xite Transformation” loyihasi bilan shug‘ullanmoqda. Mazkur yangilik doirasida kompaniya “ConceptX” aqlli ekskovatorini ixtiro qildi.

Dastlabki shunday mashina Las-Vegasda – “CES-2024” ko‘rgazmasida namoyish etildi. To‘liq elektr quvvati bilan ishlaydigan bu qurilmaning haydovchi o‘tiradigan kabinasi yo‘q. Ya’ni, mashinani boshqaruvchi odam kerak emas. Zamonaviy texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan, avtomatlashtirilgan tizim “Concept X” ishi uchun javobgar.

Elektr ekskovatoridan tashqari “Hyundai” yukni o‘zi tushiradigan avtomobil va ixcham g‘ildirakli yuk ko‘targich ham yaratmoqda. Bunday vositalardan yaqin yillarda foydalanila boshlaydi.

O‘lchagich va kameralar to‘plami bilan jihozlanadigan ekskovatorning metall cho‘michi raqamli tasvirni monitorga uzatadi. Bu yuk tashilishini osonlashtiradi, elektr va gaz tizimiga shikast yetishining oldini oladi.

“Hyundai” ko‘rgazmada to‘rt o‘rinli uchar taksini ham namoyish qildi.

Kiritildi: 21:10 01.02.2024. O'qildi: 1736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!