Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi urush ehtimoli bor

Husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi urush ehtimoli bor

Yakshanba kuni husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy Al-Masirah telekanalida efirga uzatilgan videomurojaati chog‘ida Saudiya Arabistoni bilan urushni qayta boshlash va muhim ob’ektlarga zarba berish bilan tahdid qildi.

Al-Husiy Saudiya Arabistonini Saudiya tomonidan hibsga olingan Falastinning HAMAS harakati vakillarini asirga olingan saudiyalik uchuvchilarga almashtirishni istamaslikda, shuningdek, husiy harakatiga ko‘plab iqtisodiy bosimlar qilishda aybladi.

Al-Husiy Saudiya Arabistonini qattiq ogohlantirib, ularni «Amerika himoyasiga» tayanmaslikka chaqirdi.

Husiylarning harbiy axborot resursi kecha ijtimoiy tarmoqda Saudiya portlarining koordinatalari ko‘rsatilgan aerofotosuratlarini e’lon qildi.

Tahdidlar Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Yamanda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yo‘l xaritasi manfaatdor tomonlar imzolashi uchun tayyor ekanligini e’lon qilganidan to‘rt kun o‘tib paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 16:30 10.07.2024. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!