Yaman hukumat kuchlari strategik jihatdan muhim bo‘lgan Bab al-Mandeb bo‘g‘oziga tutash hududdan o‘z bo‘linmalarini olib chiqishlarini e’lon qilishdi. Bu husiylarga dunyoning asosiy dengiz yo‘llaridan biri yaqinidagi mavqeini mustahkamlashga imkon berishi mumkin.
Reuters agentligining xabar berishicha, hukumat kuchlari janubga, Suqiya mintaqasiga ko‘chirilmoqda. Rasmiylar bu harakatni asosiy hukumat tuzilmalari joylashgan Aden mudofaasini kuchaytirish, shuningdek, boshqa hududlardagi mavqeini mustahkamlash zarurati bilan izohlamoqda.
Qayta joylashtirish ilgari Qizil dengiz qirg‘og‘ini qayta tiklashga uringan hukumat kuchlari uchun orqaga chekinishni anglatadi.
Hukumat kuchlarining chekinishi bilan husiylar Bab al-Mandeb bo‘g‘ozida o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar. Bu hududda kuchlar muvozanatining o‘zgarishi xalqaro yuk tashish uchun yangi tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin.