"Ansor Alloh" harakatining yamanlik husiychilari Arab dengizi akvatoriyasida Amerikaning Carl Vinson aviatashuvchisiga zarba berdi.
Bu haqda husiylarning harbiy vakili Yahyo Sariya Al Masirah telekanali efirida ma’lum qildi.
"Yaman qurolli kuchlari Arabiston dengizida Amerikaning Carl Vinson aviatashuvchisi va unga hamrohlik qiluvchi harbiy kemalarga qarshi bir nechta dronlardan foydalangan holda operasiya o‘tkazdi," - dedi harakat vakili.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Amerikaning F-18 qiruvchi samolyoti dushanba kuni Qizil dengizda isyonchilar tomonidan Garri Truman aviatashuvchisiga berilgan zarba natijasida halokatga uchragan.