Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Husanovsiz «Manchester Siti» «Xaddersfild»ni mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Husanovsiz «Manchester Siti» «Xaddersfild»ni mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

«Manchester Siti» Angliya liga kubogi 1/16 finalida «Xaddersfild Taun» ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv Xaddersfildda bo‘lib o‘tdi va «shaharliklar»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

18-daqiqada Fil Foden hisobni ochdi, 74-daqiqada esa Savio «Manchester Siti»ning ikkinchi golini kiritdi. Unga golli uzatmani Foden berdi.

«Shaharliklar»ning o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov va norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland jarohati sabab uchrashuvda maydonga tushmadi.

Angliya liga kubogining amaldagi g‘olibi — «Nyukasl». Joriy yil mart oyidagi finalda «qarg‘alar» «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Angliya liga kubogi. 1/16 final
24 sentyabr 2025 yil, chorshanba.
Xaddersfild Taun (Xaddersfild) — Manchester Siti (Manchester) — 0:2
Gollar: 0:1 — Foden (18'), 0:2 — Savio (74')

Kiritildi: 09:16 25.09.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!