APL 4-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahsda "shaharliklar" 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
18-daqiqada Fil Foden hisobni ochgan bo‘lsa, 53 va 68-daqiqalarda Erling Xoland gol urib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.
"Siti" safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘yin o‘tkazdi. U himoyadagi eng ishonchli futbolchi bo‘ldi.
"Man Siti" 6 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Manchester Yunayted" 4 ochko bilan 14-pog‘onada.
Manchester Siti - Manchester Yunayted - 3:0
14.09.2025, 20:30, «Etihad»
Gollar: Foden, 18 (1:0). Xoland, 53 (2:0). Xoland, 68 (3:0)
Manchester Siti: Donnarumma, O`Rayli, Gvardiol, Ruben Diash, Husanov, Rodri (Gonsales, 76), Reynders, Doku (Savio, 77), Foden, Bernardu Silva (Ake, 88), Xoland (Bobb, 87)
Man. Yunayted: Altay Bayindir, Shou, de Ligt, Yoro (Maguayr, 62), Dorgu, Ugarte (Zirkze, 80), Brunu Fernandesh, Mazraui (Maynu, 62), Diallo, Mbemo, Sheshko (Kazemiru, 80)
Hakam: Entoni Teylor (Angliya)