Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Husanov bugun "Portu"ga qarshi asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda

Husanov bugun "Portu"ga qarshi asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda

Bugun Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Portu" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblari ma’lum bo‘ldi.

"Portu" (4-3-3): Diogu Koshta — Alberto Koshta, Yakub Kivior, Neuen Peres, Fransishku Moura — Hvan In Bom, Gabriel Rosario, Gabri Veyga — Villiam Gomes, Santyago Ximenes, Pepe.

"Manchester Siti" (4-2-3-1): Janluiji Donnarumma — Abduqodir Husanov, Ruben Diash, Mark Gexi, Yoshko Gvardiol — Elliot Anderson, Enso Fernandes — Antuan Semenyo, Rayan Sherki, Iliman Ndiaye — Erling Xoland.

"Portu" — "Manchester Siti" uchrashuvi "Dragau" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 61 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!