Reuters agentligining xabar berishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv Eronga undan o‘tayotgan kemalar ustidan nazorat huquqini beradi.
Kelishuvning bunday shartlari Tehron uchun shu kungacha berilgan eng yirik yon berishlardan biri hisoblanadi. Agar mamlakatlar ushbu kelishuvni qabul qilsa, bu mintaqadagi kuchlar muvozanati Eron foydasiga sezilarli darajada o‘zgarganidan dalolat beradi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Eron va O‘mon kemalar tranziti uchun tashilayotgan yuk qiymatining 3 foizidan 7 foizigacha miqdorda yig‘im joriy etishni muhokama qilmoqda.