Eron TIV rahbari Abbos Arakchi Islom Respublikasi amerikaliklarni emas, balki AQShning siyosatini dushman deb bilishini ma’lum qildi.
«Biz amerikaliklarni dushman deb hisoblamaymiz, biz AQShning Eronga nisbatan olib borayotgan siyosatini dushmanona deb bilamiz. Qachonki bu dushmanlik to‘xtatilsa, biz, ehtimol, munosabatlarning bir oz boshqacha formatini ko‘rib chiqishimiz mumkin», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Eron diplomatiyasi rahbarining ta’kidlashicha, Eron xalqi «hurmat tilida» gapiradi — bu AQSh bilan kelishuvga erishishning yagona yo‘lidir.