Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Humo va payme rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Humo va payme rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

O‘tgan haftada ikkita muhim kompaniya — Humo va payme’da tayinlovlar amalga oshirildi.

Mart oyida Paynet sotib olgach Humo to‘lov tizimi Boshqaruv raisi etib tayinlangan Aleksey Maksimov lavozimidan ozod qilindi.

Uning o‘rniga shu paytga qadar Boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lib kelgan Maqsadjon Muhitdinov tayinlandi. U Boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ladi.

Humo’ning avvalgi rahbari Shuhrat Qurbonov kompaniyaning Kuzatuv kengashidan ham chiqarildi. Uning o‘rniga Paynet bosh direktori Anvar Isamuhammedov kiritildi.

payme’dagi muhim o‘zgarish yangi bosh direktor tayinlanishi bo‘ldi. Stanislav Skvirskiy payme bosh direktoriga aylandi.

Sal avval payme ustav kapitalini 10 mlrd so‘mga oshirib, 20 mlrd so‘mga yetkazgan edi.

Kiritildi: 13:13 26.05.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!