Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligiga vazirlik markaziy apparati xodimlarini bayram va dam olish kunlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat beriladi.
Bunda, ushbu xarajatlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2020 yil byudjet parametrlarida ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalarida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida tunu-kun ish tashkil etiladi.
Mazkur tadbirlarga jalb qilingan xodimlarga kunlik 6 % qo‘shimcha to‘lovlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.