Ayni paytda iste’molchilar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni kuzatib borishlari mumkin.
Yangilangan tizim orqali iste’molchilar bevosita o‘zi iste’mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borishi imkoni yaratildi.
Mazkur tizimni joriy etish bir qancha texnik jarayonlarni o‘z ichiga olganligi sababli, tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borildi va kutilganidan ortiq vaqt talab etganligini ma’lum qilamiz hamda yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.